Rossiya bozoridagi eng arzon chet el avtomobillari e’lon qilindi

11:33 02 Iyul 2018 Iqtisodiyot
1139 0
Foto: Ravon R2 - InfoCar

Ravon R2 avtomobili Rossiyaga import qilinadigan eng arzon brend ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning boshlang‘ich bahosi 439 ming rubl (6,9 ming AQSH dollari).

Bu Daily Motor tomonidan o‘tkazilgan monitoringda ma’lum bo‘ldi. Ushbu ro‘yxatda ikkinchi ko‘rsatkich ham O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Ravon Nexia (boshlang‘ich qiymati 449 ming rubl yoki 7,1 ming AQSH dollari)ga tegishli bo‘ldi. Arzonligi bo‘yicha uchinchi o‘rin Xitoyning Brilliance H230 (459 ming rubl yoki 7,3 ming dollar) markasiga nasib etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?