Rosatom Oʻzbekistonda AES qurish boʻyicha shartnomani shu yil iyun oyida imzolamoqchi

17:48 28 Fevral 2020 Iqtisodiyot
181 0

Rosatom respublikamizda atom elektr stansiyasi(AES) qurish boʻyicha Oʻzbekiston bilan 2020-yil iyun oyida kelishuvga erishish ehtimoldan xoli emasligini bildirdi. Bu haqda ushbu davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachyov atom sanoati shaharlari forumi arafasida aytib oʻtdi.

U hujjatning imzolanishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga toʻgʻri kelishini taʼkidlab oʻtgan.

Ikki mamlakat delegatsiyalari katta, yirik hajmdagi EPC-shartnomani tayyorlash boʻyicha ishlarni davom ettiryapti.

- Biz Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi amalga oshirishidan kelib chiqamiz, — dedi Lixachyov. – Va Oʻzbekiston tomoni uni ekspertlik darajasida shu yil iyun oyida imzolashni taklif etyapti.

U Rossiya tomoni ushbu maqsadni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatni ishga solishini qoʻshimcha qildi.

2018-yil sentyabr oyi boshida Rossiya va Oʻzbekiston AES qurilishi boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan edi. “Rosatom” davlat korporatsiyasi VVER-1200 reaktor qurilmasiga ega “3+” avlodiga mansub ikkita energiya blokidan iborat kompleksni qurishni rejalashtiryapti. Buning uchun Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli yaqinidagi hudud ustuvor maydon sifatida tanlab olingan.

Oʻzbekiston Energetika vazirligi prognoziga koʻra, respublikada elektr energiyasi isteʼmoli 6-7 foiz oʻsadi va 2030-yilga borib ehtiyoj 31 GVt. yigʻuvchi quvvatlari mavjud boʻlganda, 112 mlrd. kVt./soatdan ziyodni tashkil etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?