Ronalduning gollariga eng koʻp assistentlik qilgan 5 futbolchi kim?

21:23 31 Iyul 2020 Dunyo
399 0

“Transfermarkt” portaliga koʻra, “Real” hujumchisi Karim Benzema sobiq jamoadoshi «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduga eng koʻp assistentlik qilgan futbolchilar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi.

Benzema Ronaldu “Real”da oʻynagan vaqtida unga 76-marta assistentlik qilgan.

Ikkinchi oʻrinni 41 assist bilan Garet Beyl egalladi. Kuchli uchlikni esa Mesut Oʻzil (38) yakunlab berdi.

Toʻrinchi oʻrinda Marselo (33). Beshinchi oʻrindan Gonsalo Iguain (32) joy olgan, u Krishtianu bilan avvalroq “Real”da, hozirda esa «Yuventus»da birga toʻp surmoqda. Ronalduning Madrid klubida birga oʻynamagan eng yaxshi assistenti «Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi Ueyn Runi (25) sanaladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?