Ronaldu ham koronavirus tufayli karantinga olindi

09:51 13 Mart 2020 Sport
954 0

Foto: АиФ

Yuventus futbol klubining futbolchisi Daniel Ruganining koronavirus testi ijobiy chiqqanidan soʻng, Krishtianu Ronaldu ham Madeyrada karantinda qolishga majbur boʻldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Ronaldu yaqinda insultga chalingan onasini ziyorat qilish uchun uyiga borgan edi.

Yuventus Interni 2:0 hisobida yengganidan keyin, Ronaldu va Rugani yechinish xonasida birga boʻlishgan. Uchrashuvdan keyin Yuventus futbolchilari jamoaviy suratga tushishgan.

Klub koronavirusning tarqalish maydoni tor boʻladi, deb umid qilmoqda. Chunki, Rugani oʻyin oxirigacha maydonga tushmagan va zaxira oʻrindigʻida oʻtirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?