Ronaldu: “Bugun istalgan futbolchi hatto oʻzini koʻrsatmasa ham, 100 mln. yevro “turibdi”

14:13 21 Avgust 2019 Sport
232 0

Arxiv foto

Portugaliyalik charm toʻp ustasi futbolda pul koʻpayib ketayotganini maʼlum qildi.

“Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugungi transfer bozori haqida fikr bildirdi, deb xabar berdi Sportbox.ru.

- Agar Joau Felishning transferini bir tomonda qoldirsak ham, bugun istalgan futbolchi hatto oʻzini koʻrsatmasa ham, 100 mln. yevro “turibdi”, - dedi u. - Futbolda pul koʻpayib ketyapti. Markaziy himoyachi va darvozabon 70 yoki 80 millionga “baholanmoqda”. Men bunga mutlaqo qarshiman, lekin bu biz yashayotgan dunyo.

Joriy yil yozda Madridning “Atletiko” klubi Portugaliyaning “Benfika” jamoasiga 19 yoshli Felishni sotib olish uchun 126 mln. yevro toʻladi. Shunday qilib u Ronalduni quvib oʻtib, tarixdagi eng qimmat portugal futbolchisiga aylandi. Ronaldu 2018-yilda “Real”dan “Yuventus”ga 117 mln. yevro evaziga oʻtgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?