Ronaldo “Valyadolid” futbol klubiga prezident boʻldi

11:38 05 Sentyabr 2018 Sport
252 0

Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo rasman “Valyadolid“ prezidenti sifatida tanishtirildi. Bu haqda klub oʻzining Twitter-sahifasi orqali maʼlum qildi.

Avvalroq, sobiq hujumchi klubni xarid qilish uchun 30 mln yevro sarflashi va bu bilan klubning 25 mln yevrolik qarzini yopishi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, klubning amaldagi prezidenti Karlos Suares esa bosh direktor vazifasida qoladi. Oʻz oʻrnida Ronaldo esa, bosh aksioner hamda prezident boʻladi.

“Valyadolid“ oʻtgan mavsum Ispaniya Segundasi yakuniga koʻra Primerada ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Hozirda klub 3-turdan soʻng 2 ochko bilan 16-oʻrinni band qilib turibdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?