Romitanda Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi ochildi

11:10 09 Yanvar 2019 Jamiyat
387 0

Foto: "Xalq so'zi"

Buxoro viloyati Romitan tumanida Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan Ayollar ijtimoiy moslashuv markazining (shelter) ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Xotin-qizlar qoʻmitasi axborot xizmati xabar tarqatdi.

Markazni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Narbayeva hamda viloyat hokimi oʻrinbosari ochib berdi.

Aytish joizki, Respublika boʻyicha shelterlarning umumiy soni 137 ta yetdi va bu borada ishlar davom ettiriladi.

Shu kunning oʻzida Tanzila Narbayeva xotin-qizlar uchun tashkil etilgan Kovorking hamda ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish markaziga tashrif buyurib, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy, axloqiy, qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar, boshlangʻich tashkilotlar hamda faol ayollar bilan muloqotda boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?