“RoboCUP” musobaqasi gʻoliblari Xitoy oromgohiga yoʻllanma oldi

12:15 12 Iyun 2019 Jamiyat
140 0

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash Ulugʻbek jamgʻarmasi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yurtimizdagi iqtidorli yosh robototexniklar oʻrtasida tashkil etilgan “RoboCUP” televizion musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.

Musobaqa Robo-sumo hamda Robo-futbol yoʻnalishdan iborat boʻlib, 16 yoshgacha boʻlgan bolalar hamda 16 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazildi.

Dastlab Innovatsion rivojlanish vazirligining saytida arizalar onlayn tarzda qabul qilib olindi. Maxsus komissiya tomonidan Robo-futbol yoʻnalishi oʻyicha 16 ta jamoa va Robo-sumo yoʻnalishi boʻyicha 12 ta jamoa tanlab tanlab olindi.

Robo-sumo yoʻnalishida ikki nafar ishtirokchidan iborat har bir jamoa Arduino platformasi asosida robotlar yaratdilar va robotlar mardu maydonda oʻz kuchlarini sinadilar. Ikki oy davom etgan televizion musobaqaning finaliga chiqqan Javohir Rahimov va Ibrohim Sultonov gʻalaba qozonib, Xitoyning Asian Science Camp oromgohiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Robo futbol yoʻnalishdagi musobaqa Lego konstruktorlari yordamida yasalgan robotlar oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Bu yoʻnalishda “Just robotics” jamoasi gʻolib deb topildi. Jamoa aʼzolari Habibulloh Akromjonov va Asrorxoʻja Gʻanixoʻjayevlar Turin politexnika universitetiga kirishda imtihonlarida qoʻshimcha 30 foiz imtiyozga ega boʻlish imkoniyatiga ega boʻldilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?