Roberto Karlos Toshkentga keladi

10:07 22 Yanvar 2019 Sport
516 0

28 yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni boʻlgan afsonaviy himoyachi Roberto Karlos Toshkentga tashrif buyuradi.

Roberto Karlos tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar oʻtkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, braziliyalik futbolchi ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil qilinadi. Roberto Karlosning tashrifiga doir tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanining vaqti va boʻlib oʻtadigan joyi keyinroq alohida eʼlon qilinadi.

Bundan tashqari, oʻzbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli oʻrtoqlik oʻyini tashkil qilinadi. Roberto Karlos bu uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tushadi.

Shuningdek, tashrif davomida Roberto Karlosni oʻzbek futboli bilan yaqindan tanishtirish ham rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?