Robert Levandovski Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi boʻldi

23:12 26 Iyun 2020 Sport
116 0

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionati 2019/20 mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Polshalik futbolchi Bundesliganing 30ta oʻyinida 33ta gol urib, toʻpurarlar bahsida katta ustunlik bilan peshqadamlik qilyapti. Bundan tashqari, Robert «Oltin butsa» reytingida ham 1-oʻrinda turibdi.

Eslatib oʻtamiz, “Bavariya” muddatidan oldin chempionlikni qoʻlga kiritdi. Klub Bundesliganing soʻnggi turida 27-iyun kuni safarda “Volfsburg” bilan bellashadi. 

Levandovski 2014-yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qilmoqda. Uning shartnomasi 2023-yil yozigacha moʻljallangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?