Rishtonda hunarmandlar xalqaro festivali o‘tkaziladi

10:19 19 Iyun 2018 Jamiyat
459 0

Joriy yilning 22-24 iyun kunlari Farg‘ona viloyatining Rishtonda tumanida ilk bor “Kulollar va kulolchilik mahsulotlari” xalqaro festivali tashkil qilinadi. Bu haqda muxbirimiz Mavjuda Xolmatova xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, Farg‘ona viloyat hokimligi, Rishton tuman hokimligi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Prezidentimizning “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadiga qaratilgan ushbu tadbirda xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati mahsulotlari namoyish etiladi.

Xalqaro festival doirasida 100 dan ortiq rishtonlik kulollar, 60 nafardan ortiq respublikamizning barcha hududlarida faoliyat olib borayotgan usta-hunarmandlar hamda Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Turkiya singari 30 dan ziyod davlatlardan usta hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?