Rishtonda aslida nima boʻlmoqda?

16:17 17 Iyul 2019 Jamiyat
504 0

Gap shundaki, davlatimiz rahbarining shu yil 6-7-may kunlari Fargʻonaga tashrifi chogʻida Rishtonni namunali tumanga aylantirish yuzasidan bildirgan taklifi asosida ayni kunlarda ulkan bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Koʻrimsiz, arxitektura talablariga javob bermaydigan, mahalliy xom ashyo – xom gʻisht, kesak va guvaladan qurilgan turar joy va noturar joy binolari buzib tashlanib, yangi bino inshootlarini qurish uchun zamin hozirlanmoqda.

Rishtonning qaytadan chiroy ochishi uchun bosqichma bosqich, boshqa resurslardan tashqari,birgina mahalliy byudjet hisobidan bunyodkorlik ishlari uchun 30 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilgan.Yaqin kelajakda 20 dona koʻpqavatli uylar boʻy choʻzadi. 2 gipermarket, 5 supermarket, 5 yirik korxonalar,bozor, kutubxona, koʻngilochar dam olish maskanlari qad rostlaydi. 14 km masofadagi yoʻllar qayta quriladi. Markazlashgan yoʻnalishga ulangan kanalizatsiya tizimi, tabiiy gaz va elektrenergiyasi, toza ichimlik suvi tarmoqlari qaytadan, yangicha koʻrinishda tortiladi. Tumandan oʻtuvchi“Fargʻona halqasi” avtomobil yoʻli va unga tutash boʻlgan Rishton markazidagi barcha yoʻllar yoqasidagi obyektlarni shaharsozlik talablari asosida qayta qurish boshlandi.Hozirgacha ishchi guruhi tomonidan 149 noturar joy, 178 turar joy obyektlarida birlamchi ishlar oʻz yakuniga yetkazilmoqda.

Bildirilayotgan tanqidiy munosabatlar oʻrinlimi?

Rishton tumanidagi bu oʻzgarishlar ostonasida amalga oshirilayotgan ishlarga chet el va mahalliy ommaviy axborot vositalari tanqidiy tarzda turli qarashlar va fikr mulohazalar, oʻz nuqtai nazarlarini bildirmoqda. Goʻyoki tumanda “snos” ga tushgan aholi turar joylari hech qanday kompensatsiya toʻlovlarisiz, belgilangan tartibdagi hujjatlarsiz buzib tashlanayotganmish.Biz ham suhbatlarimiz davomida rasmiylar, keng jamoatchilik vakillari va oddiy aholi bilan suhbatlashdik:

Sodirjon HAYDAROV,

Qurilish ishlari boʻyicha Rishton tuman hokimi oʻrinbosari:

– Rishton tumani ayni kunlarda shunday hududga aylanganki,bu oʻzgarishlarni yoritish uchun kelayotgan jurnalistlarning maqsadiga bogʻliq. Chunki, hukumatimiz tomonidan rejalangan ishlarga qarasangiz koʻnglingiz togʻdek koʻtariladi. Bir qarashda buzish bosqichidagi koʻchalarga qarasangiz“fikri buziq” larning kuni tugʻadi. Toʻgʻri, muammolar yoʻq emas. Masalan, markaziy bozor orqa tomonidagi 22 xonadon egalari bir necha yil avval buzish ishlari boʻyicha ogohlantirilgan.Ularning ayrimlarida norozilik kayfiyati tugʻilganligi bor gap.Buni yashirmaymiz.Biroq biz muammolarni tushuntirish ishlari orqali hal qildik. Ularga hatto oʻsha yillarning oʻzidayoq markazga yaqin hududdan 8 sotixdan yer ham ajratib berilgan. Xozir oʻsha yerlarda xonadon egalarining yaqinlari, oʻzlari, farzandlari yashamoqda, yoki baʼzilari allaqachon olingan yerni sotib yuborgan. Ularning kayfiyati oʻzgarmasligi uchun shu yilda ikkinchi marta Dehqonobod mahallasidan yana qaytadan yer ajratib berdik. 22 xonadon egalari bir xoʻjaligi uchun ikki martadan yer olishdi. Nega ayrim OAV shu haqida emas, balki hech narsani tushunishni istamayotgan ayrim fuqarolarning tanqidiy fikrlarini boʻrttirib fotosuratlar bilan berishyapti, hayronman. Yana bir fakt,5 ming donadan pishgan gʻisht, 2 tonnadan sementbepul berilayotganligini aytdik. Ijtimoiy tarmoqlarda esa aholiga shu usulda qoʻshimcha yordam berilayotganini emas, gʻishtning donasidan, sementning kilosidan kam chiqayotganini yozishipti. Axir bu holatlar ishda uchraydigan mayda kamchiliklar emasmi? Nega noxolis yondoshaverishadi?! Mayli kamchiliklarimizni bizgaoyna sifatida koʻrsatishsin, yozishsin. Lekin fuqarolarga berilayotgan imkoniyatlar va aholiga yaratilayotgan sharoitlardan ham koʻz yumishmasinda. Bu noxolislik emasmi? Plyuralizm davridamiz. Fikrlar xilma xilligi bor. Yaʼni hamma bir voqeyelikka nisbatan birvarakayiga bir hil fikrda boʻlmaydi. Rishtondagi oʻzgarishlarga nisbatan ham shunday. Kimdir shu toʻpolonlarda koʻproq yerli, uyli joyli boʻlib qolishni, koʻproq kompensatsiya pullarini olishni xohlaydi. Bu tabiiy holat. Lekin bunga siyosiy tus berish yoki ularning maqsadlarini amalga oshirishda davlatni, viloyat va tuman hokimliklarini ayblash notoʻgʻri, deb hisoblayman.Endilikda ular shov-shuv koʻtarishdan koʻra real, amaliy qilinayotgan ishlarni yoritishga oʻtishidan umidvormiz.

IsomiddinJALOLOV,

Uchariq qishlogʻi faoli:

Bugun Rishtonda hayot qaynaydi, havo issiq boʻlishiga qaramay, qurilish obyektlarida ish qizgʻin. Qoʻqon-Fargʻona avtomagistral yoʻlining tumandan oʻtuvchi qismi yoqalaridagi hozirda koʻngilsiz holatdek tuyulayotgan jarayonlar aslida vaqtinchalik holat. Bularning barchasi ezgulikka, betakror chiroyiga qoʻyilayotgan ilk qadam. Mahalliy hokimlik tashabbusi bilan buzilgan uylarning yoʻlga chegaradosh qismida 10 ming metrdan ortiq sement devorning qurilayotgani ham eʼtirofga arziydi. Toʻgʻri, kompensatsiya pullarini kim qancha olishida aholida tushunmovchiliklar kelib chiqqanligi bor gap. Biroq ular ham tushunishlari kerak. Bu mezonni belgilashda uyning kadastr hujjatidagi maʼlumotlar, uyning qanday materialdan qilinganligi, yoʻl oʻq chizigʻidan qizil chizigʻigacha xonadonining qancha qismi buzilayotgani bilan bogʻliq-ku. Shuning uchun har bir xonadon egasiga kompensatsiya pullari xar hil chiqadida. Avvalida fuqarolar orasida nega falonchiga shuncha soʻm, menga buncha soʻm, qabilidagi savollarning tugʻilishi ana shundan.17 kishidan iborat ishchi guruhlari har bir xonadonga kirib borishdi, tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borishdi.Hozirda muammolar deyarli hal etilgan. Aholi avvaliga 10 mln. soʻmdan avans olishdi. Hozirda xonadon holati va baholash tashkilotining xulosasi bilan 10 mln.dan 300 mln. soʻmgacha kompensatsiya pullari toʻlab berilayotgani ham ayni haqiqat. Baʼzi fuqarolar shu pullardan koʻra boshqa hududdan yer olishni afzal koʻrmoqda. Bu takliflar ham ayni unlarda amalda.

Abdusalom SIDDIQOV,

Rishton tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari:

– Birinchi navbatda uy-joy masalasini hal etishga alohida eʼtibor qaratyapmiz. Bugungi kunga qadar uyi “snos”ga tushgan va buzilayotgan aholi uchun 5 milliard soʻm miqdorida kompensatsiya puli tarqatildi. Qolaversa, shu pullarga qoʻshimcha tarzda 10 sotixgacha yer berilmoqda. Shuningdek, tuman qurilish shtabi omboriga 1 million 200 ming dona pishiq gʻisht, 400 tonna sement olib kelinib, aholiga bepul tarqatib berilmoqda. Har bir xonadonga 5 ming donagacha pishiq gʻisht, 2 tonna sement berish yoʻlga qoʻyildi. Yana 1 million dona pishiq gʻisht keltirib, aholiga bepul tarqatish rejalashtirilgan. 1000 dona transport vositasi bunyodkorlik ishlariga jalb etilgan.

Odiljon SOLIJONOV,

Risht on tumani Oqer qishlogʻi, oʻqituvchi:

Tuman markazidan ikki kilometr uzoqlikda, yoʻl yoqasida yashaymiz. 5 metr uzunlikdagi 3 ta uy, yarim hovlim oʻq chiziqdan tortilgan “qizil chiziq” ichkarisida ekan. Buzasiz, deyishdi. Rozi boʻldim. Tovon pulidan boʻnak sifatida hozircha 10 mln. berishdi. Boshqa qurib olaveramizda.

Qoʻldoshali DADABOYEV,

Rishton tumani Navoiy mahalla fuqarolari yigʻini faoli: PrezidentimizningRishton tumanini namunaviy tumanlardan biriga aylantirish taklifini eshitib xursand boʻldim. Toʻgʻri, biroz muddat qurilish ishlariga vaqt talab etiladi. Lekin bir narsaga erishish uchun boshqasidan kechish kerak, axir. Agar rishtonliklar bir yoqadan bosh chiqarib,harakat qilishmasa,bu boshlangan xayrli ishlar paysallanib turaveradi.

Elyorjon EHSONOV, “Xalq soʻzi”muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?