Rishton tumanida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi

16:55 19 Aprel 2019 Jamiyat
210 0

Qabul davomida 120 nafar fuqarolarning murojaati tinglandi va 93 ta yozma murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyatiga shu yerning oʻzida yechim topildi.

Murojaatlar asosan, sogʻliqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yoʻllarni taʼmirlash, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid boʻldi. Masalan, “Zarariq” qishlogʻida yashovchi M.Xamrajonova ish bilan taʼminlash, “Uzunkoʻcha” koʻchasida yashovchi B.Tojimatova kredit ajratish, “Dashttegirmon” qishlogʻida yashovchi X.Teshaboyeva nogironlik belgilash,“Gumbaz” qishlogʻida yashovchi Z.Yusupova davolanish, “Uchariq” qishlogʻida yashovchi Yu.Nishonova moddiy yordam, “Oqtomir” qishlogʻida yashovchi N.Koʻkiboyeva yashash uyiga kadastr hujjati rasmiylashtirish, “Qoshqayron” qishlogʻida yashovchi Oʻ.Xakimov buzilishga tushgan binosi oʻrniga yer va kompensatsiya toʻlash, “Yuqori avazboy” qishlogʻida yashovchi A.Musayev mahalla qabristonini obodonlashtirish, “Anhorboʻyi” qishlogʻida yashovchi N.Axmadaliyev maktab yoʻlini taʼmirlash,“Qoshqayron” qishlogʻida yashovchi N.Jaxonov tomorqa yerlarini sugʻorish uchun drenaj quduqlarini ishga tushirish masalasida yordam soʻrab murojaat qildilar.

Sayyor qabul jarayonining oʻzida 10 nafardan ortiq fuqarolar ishga joylashtirilishi, 15 nafardan ortiq fuqarolarning kommunal xoʻjalik bilan bogʻliq muammolari hal etilishi, 6 nafar fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, davolanishga yotqizilishi, 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 2 nafar fuqarolarga moddiy yordam berilishi taʼminlandi.

-Bir necha oydan buyon ishga joylashish haqidagi murojaatlarim ijobiy hal etilmadi. Sayyor qabul davomida tuman xalq taʼlimi boʻlimiga ishga joylashdim,- deydi “Istiqbol” MFYda yashovchi S.Raximova.

-tumanning “Qoshqayron” mahallasidagi mavjud 2 ta quduqlarga oʻrnatilgan nasos ishlamasligi koʻplab aholining ekinlarini sugʻorishda qiyinchilikni yuzaga keltirmoqda,- deya murojaat qildi shu mahallada yashovchi N.Jaxonov.

Fuqaroning murojaati taalluqli idoralar vakillari ishtirokida oʻrganilib, chora-tadbir belgilandi.

Sayyor qabulda shu kabi koʻplab murojaatlar koʻrib chiqilib, aksariyati joyida hal qilindi. Yechimi maʼlum vaqt talab etiladigan murojaatlar boʻyicha tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?