Rishton tumanida ekskavator bilan “Cobalt” toʻqnashdi

08:59 04 Oktyabr 2020 Jamiyat
251 0

22-sentyabr kuni T.I. boshqaruvidagi “HYUNDAI” rusumli ekskavatorida Temiryoʻl-2 koʻchasidagi mahalliy yoʻldan chap tomonga qayrilib olish uchun harakatni amalga oshirishi natijasida, oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan M.T. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashishi oqibatida, “Cobalt” yoʻlovchisi R.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda” deyiladi Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?