Rejissor Zulfiqor Musoqov “Berlin — Oqqo‘rg‘on” filmining suratga olish ishlarini boshladi

14:00 28 Aprel 2018 Madaniyat
742 0

Rejissor Zulfiqor Musoqov Ikkinchi jahon urushi haqida “Berlin — Oqqo‘rg‘on” deb nomlangan filmning suratga olish ishlarini boshladi. Rejissor suratga olish ishlari haqida  “Daryo” nashriga bergan intervyusida gapirib berdi.


Filmning nomi oddiy. Bo‘lajak filmda sodir bo‘ladigan voqealar Berlin va bolaligim o‘tgan Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida bo‘lib o‘tgani uchun “Berlin — Oqqo‘rg‘on” deb nomlangan.
Ayni vaqtda ham Oqtoshda suratga olish ishlari bilan bandmiz. Bosh rollarni Ra’no Shodiyeva, Nigora Karimboyeva, Hasan Shuhratov, Seydulla Maldaxonov hamda ko‘pgina yangi aktyor-aktrisalar ilk marta rol ijro etishmoqda.
Suratga olish ishlari xudo xohlasa avgust oylarida nihoyasiga yetsa kerak. Hozircha filmning premyera kuni haqida aniq bir gap ayta olmayman, menimcha 2018-yilning oxirigacha premyera bo‘lib qoladi.
Suratga olish ishlari Berlin shahrida ham bo‘lib o‘tadi. Berlindagi suratga olish ishlari bir oy, bir yarim oylardan so‘ng bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Berlindagi suratga olish ishlarida 5—6 ijodkorlardan iborat kichikroq guruh ishtirok etadi.
Zulfiqor Musoqov, rejissor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi


Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda “O‘zbekkino” MA davlat hisobidan ajratilgan yillik budjet suratga olish uchun mo‘ljallangan barcha filmlarni qoplamaganligi sababli “Berlin — Oqqo‘rg‘on” filmining suratga olish ishlarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan edi. 
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?