Respublika tarixida ilk bor sirdaryolik dehqonlar davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasini peshqadamlar safida bajardi

10:29 19 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
181 0

Oʻtayotgan yilimiz dunyo xalqlari qatori Sirdaryo viloyati xalqini ham ogʻir sinovlardan oʻtkazdi. Koronavirus balosi, may oyida Sardoba suv omborida sodir boʻlgan texnogen hodisa dehqonlarimizni yana-da koʻproq mehnat qilishga undadi. Prezidentimizning viloyat xalqiga alohida eʼtiborlari, koʻrsatgan yordamlari evaziga dalalarda moʻl hosil yetishtirildi.

Terimning puxta tashkil etilganligi tufayli viloyatda jami 168 399 tonna paxta terib olinib, 18-oktyabr kuni respublikada uchinchi boʻlib shartnomaviy reja 100,48 foizga bajarildi. Umumiy terilgan paxtaning 45 ming tonnasi mexanizatorlar hissasiga toʻgʻri keldi. Ayniqsa yettita paxtachilik klasterining ulushi katta boʻldi. Xususan “Bek klaster”, «Poli teks Sirdaryo» va boshqa klasterlar yuqori hosil yetishtirib, paxtani yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmay terib olish choralarini koʻrdilar.

Mirzaobod, Xovos, Boyovut, Sayxunobod va Sirdaryo tumani paxtakorlari viloyatning umumiy xirmoni yuksalishida oʻzining salmoqli hissalarini qoʻshdilar.

Hali dalalarimizda hosil moʻl. Viloyat dehqonlari quyoshli kunlarning har bir daqiqasini gʻanimat bilib, yetishtirilgan hosilni oxirigacha yigʻib-terib olishga bel bogʻlaganlar. Ular kunlik terim topshirigʻini susaytirmay, viloyatimiz oq-oltin xirmonini yana-da yuksaltirishni oʻz oldilariga maqsad qilib qoʻyganlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?