Respublika pyerinatal markazi Termiz filiali foydalanishga topshirildi (Фоторепортаж)​

12:39 24 Dekabr 2018 Jamiyat
283 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

“Xalq soʻzi Online”. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Respublika perinatal markazi Termiz filiali foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar aholi salomatligini himoyalash, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, xususan, onalik va bolalikni muhofazalashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yil 11-12 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida viloyatda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida Respublika perinatal markazi, shuningdek, respublika koʻz mikroxirurgiyasi, respublika urologiya markazlari Termiz filiallarini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi. Hozirga qadar koʻz mikroxirurgiyasi va urologiya markazlari ishga tushirilgan boʻlsa, endibarcha qulayliklarga ega perinatal markaz ham viloyat aholisiga oʻz eshiklarini ochdi.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

160 oʻrin va 100 qatnovga moʻljallangan Respublika perinatal markazi Termiz filiali binosini tubdan rekonstruksiya qilishga davlat byudjetidan 16 millarid 400 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Markaz 12 milliard soʻmlik zamonaviy tibbiy uskuna va apparatlar bilan jihozlandi.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Endilikda perinatal markazda xastalik va nuqsonlar bilan tugʻilgan chaqaloqlarni shu yerning oʻzida samarali davolash, ogʻir akusherlik patologiyasi, ayollardagi ekstragenital kasalliklarni erta aniqlash, samarali muolaja ishlarini bajarish uchun qulay sharoitlar muhayyo etilgan.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Tadbir davomida zarur tibbiy jihozlar bilan jihozlangan 3 ta “Toyota“ rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi, 1 ta “Isuzu”rusumli mikroavtobus tibbiyot muassasalariga topshirildi. Perinatal markaz ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Poʻlatov ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?