Mutaxassislar koronavirus bilan zararlangan inson qachon har doimgidan xavfli boʻlishini maʼlum qildi

16:12 27 Mart 2020 Jamiyat
529 0

Arxiv surat

Koronavirus tashuvchisi boʻlgan bemor aynan qaysi davrda atrofidagilar uchun har qachongidan ham xavfliroq boʻlishi maʼlum boʻldi.

Bir guruh olimlar tomonidan oʻtkazilgan tegishli tadqiqot natijasi “The Lancet” jurnalida eʼlon qilindi.

Taʼkidlanishicha, koronavirusning tashuvchisi boʻlganlarning koʻpi virus tanaga kirgandan keyingi birinchi haftada ayniqsa xavfli boʻlishadi.

Tadqiqot davomida olimlar koronavirus hech qanday alomatlarsiz yuqqan 23 kishining ogʻzidan olingan soʻlak tarkibidagi bakteriyalarning faolligini oʻrganishgan. Qayd etilishicha, yetti kundan soʻnggina viruslar asta-sekin kamayishni boshlagan.

Natija shuni koʻrsatdiki, dastlabki yetti kun ichida koronavirus tashuvchisi boʻlgan odam juda yuqumli boʻladi va virusni boshqa odamlarga osongina yuqtiradi. Shu bois koʻp hollarda koronavirusga erta bosqichlarda tashxis qoʻyib boʻlmaydi va bu boshqalarga ham xavf tugʻdiradi.

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakatimizda ushbu infeksiyani 83 kishi yuqtirib olgan. Shundan 23 nafari xorijda boʻlgan fuqarolardir. Qolganlar infeksiyani yuqtirgan odamlar bilan yaqin muloqotga kirishish natijasida virus bilan zararlangan.

Afsuski, bugun, 27-mart kuni mamlakatimizda ushbu infeksiya bilan bogʻliq birinchi oʻlim holati qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?