Respublika boʻylab oʻtkazilgan sport haftaligida 3 millionga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi

16:00 19 Mart 2019 Jamiyat
129 0

11-16 mart kunlari Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan “Xotin-qizlar sport haftaligi” oʻtkazildi. Bu haqda “Xalq soʻzi ONLINE”ga Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamova xabar berdi.

Sport haftaligi davomida badantarbiya mashgʻulotlari, sportning oʻyin turlari, badminton, volleybol, stol tennisi, estafeta baxslari, shaxmat va shashka boʻyicha sport tadbirlari oʻtkazildi.

Haftalik doirasida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha oʻtkazilgan 4 412 ta sport va badantarbiya tadbirlarida 3 025 141 nafarga yaqin xotin-qizlar (badantarbiya mashgʻulotlarida 2 mln 661 ming 252 nafar hamda sport tadbirlarida 363 ming 889 nafar) ishtirok etdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar mazkur haftalikda faol ishtirok etib, unda 2 246 nafar xizmatchi ayollar qamrab olindi.

Haftalik davomida respublika boʻylab “Sport salomatlik garovi” shiori ostida yurish boʻyicha ommaviy marafonlar oʻtkazildi. Mazkur marafonda jami 100 552 nafar faol boʻlmagan qizlar, uy bekalari va katta yoshdagi xotin-qizlar ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?