Rektorlar toʻlov-kontrakt narxini xorijlik fuqarolar uchun endi oʻzi belgilaydi

14:33 20 Aprel 2019 Jamiyat
620 0

Oʻzbekistonni Markaziy Osiyo davlatlari orasida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash boʻyicha yetakchi markazga (xab)ga aylantirish yoʻlida yana bir ulkan qadam tashlandi.

Unga koʻra, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalari rektorlariga (filiallar direktorlari)ga xorijlik fuqarolarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini tegishli taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassislik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan toʻlov-kontrakt miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda mustaqil belgilash huquqi beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?