Rektorlar 16-Yevropa avtomobil kongrecsida ishtirok etmoqda

16:47 11 Oktyabr 2019 Jamiyat
104 0

Ayni kunlarda, Belorus davlatining Belorus milliy texnika universitetida XVI Yevropa avtomobil kongresci boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirda Belorus milliy texnika universiteti rektorining taklifiga binoan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Nazirila Maxmudov, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti rektori Alimjon Riskulov hamda yurtimiz OTMlari delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Safar davomida yurtimiz OTMlari delegatsiyasi Belarus Respublikasining boshqa oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, oʻquv jarayonlariga malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etish, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va loyihalar ustida ishlashni yoʻlga qoʻyish, ilmiy tadqiqot maqsadlarida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari boʻyicha ham shartnomalar imzolash nazarda tutilgan.

“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?