Rekord! AQSHda bir sutkada 65 600 kishida koronavirus aniqlandi

15:54 10 Iyul 2020 Dunyo
281 0

Foto: rbc.ru

9-iyulda AQSHda koronavirus bilan kasallanishning kunlik rekordi yangilandi. Bu kuni Qoʻshma Shtatlarda 65 600 kishiga COVID -19 tashxisi qoʻyildi. AQSHda bundan oldingi rekord 7-iyulda qayd etilgan boʻlib, oʻshanda 60 200 kishida koronavirus aniqlangandi.

Shuningdek, ayni paytda dunyo boʻyicha koronavirusdan eng koʻp zarar koʻrayotgan AQSHda uch kundan beri oʻlim hollari 800 tadan yuqori boʻlmoqda. 9-iyulda Florida shtatida 120 kishi, Kaliforniyada esa 136 kishi virus qurboniga aylandi.

Hozirda AQSHning 50 ta shtatidan 41 tasida yangi kasallanish hollari koʻpaymoqda. Qoʻshma Shtatlarda virus tarqalishi avj olib borar ekan, odamlarning tez kunlarda iqtisodiy faoliyatning qayta yoʻlga qoʻyilishiga boʻlgan umidlari soʻnib bormoqda. Investorlar yangi karantin cheklovlari tadbirkorlik ishlarini majruh holga keltirishi mumkinligidan xavotirda.

AQSHda hozirgacha umumiy hisobda 3.17 milliondan ortiq odam koronavirusni yuqtirib oldi va ularning 135 195 nafari vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?