Rekonstruksiyadan soʻng bir binoda ikkita yangi madaniy muassasa ochiladi

10:21 29 Oktyabr 2020 Madaniyat
145 0

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Toshkentdagi modernizm yodgorligini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov ishtirokidagi taqdimotda loyiha meʼmorlari Yekaterina Golovatyuk va Giacomo Cantoni “Inturist” sobiq madaniy-axborot markazi binosini rekonstruksiya qilish loyihasi, rekonstruksiya konsepsiyasi va prinsiplarini namoyish etdi va OAV vakillari uchun bino boʻylab ekskursiya oʻtkazildi.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu yirik loyiha toʻgʻrisidagi qaror yaqin yillarda xalqaro koʻrgazmalar, shu jumladan, 2022-yilda Luvr muzeyida “Markaziy Osiyoning ulugʻvorligi. Oʻzbekiston karvon yoʻllarida” nomli koʻrgazmasini oʻtkazish rejalari asosida qabul qilingan. Unda turli kolleksiyalardan 300 dan ortiq eksponatlar Parijda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimovning soʻzlariga koʻra, loyiha boʻyicha ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiyaga tashrifi chogʻida boshlangan boʻlib, shu asosda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli qaror chiqarilgan.

Tadbirda rekonstruksiya qilinganidan soʻng, binoda bir vaqtning oʻzida ikkita yangi madaniy muassasa – Fransuz madaniyat markazi va Madaniy meros obyektlarini tiklash markazi joylashishi alohida aytib oʻtildi. Ikkala institut ham Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bundan tashqari, YUNESKO Bosh direktori Odri Azule tomonidan tasdiqlangan loyiha boʻyicha yangilangan binoda Oʻzbekistondagi YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya ham joylashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?