“Real”ga bosh murabbiy bo‘lgan Lopetegi JCH-2018 boshlanishiga bir sutka qolganida Ispaniya terma jamoasidan ketdi

16:13 13 Iyun 2018 Sport
264 0

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales ma’lum qildi.

“Biz Xulen Lopetegi bilan shartnomani bekor qilishga majbur bo‘ldik. Unga omad tilaymiz. Terma jamoa shu kunga qadar erishgan natijalar, shubhasiz uning xizmatidir”, — degan Rubiales.

Kecha Lopetegi “Real” bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Uning Ispaniya terma jamoasi bilan 2020 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomasi mavjud edi. Hozircha Ispaniya terma jamoasini kim boshqarishi aniq emas.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?