Real voqealar asosida suratga olingan “Vasiyat” filmining premyera kuni maʼlum boʻldi

15:04 20 Noyabr 2018 Madaniyat
651 0

Rejissyor Said Muxtorov tomonidan suratga olingan “Vasiyat” filmining premyera kuni maʼlum boʻldi. Filmning keng jamoatchilik uchun moʻljallangan premyerasi 22 noyabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida boʻlib oʻtadi.

Mazkur filmda oʻzbek kino olamining eng reytingi baland aktyor-aktrisalar jamoasi jamlangan. Filmda Oʻzbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon, aktyorlar Javohir Zokirov, Dilnoza Kubayeva, Ulugʻbek Qodirov, Zarina Nizomiddinova, Sitora Farmonova, Said Muxtorov, Luiza Rasulova singari aktyor va aktrisalarni koʻrishingiz mumkin.

Real voqealarga asoslangan filmning suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari 2017 yildan boshlangan boʻlib, filmning montaj jarayonlari 2018 yilning noyabr oyida nihoyasiga yetdi.

Film premyerasi 22 noyabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?