“Real Madrid” «Manchester Siti» bilan Angliyada oʻynashni istamayapti

00:30 24 Iyun 2020 Sport
434 0

Foto: givemesport.com

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi Angliyaning «Manchester Siti» jamoasiga qarshi boʻladigan Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvini neytral maydonga oʻtkazishni istayapti.

"The Athletic"ning yozishicha, Ispaniya klubi epidemiologik vaziyat ogʻir boʻlgani sababli Angliyada oʻynashni istamayapti. Qolaversa, mamlakatda barcha keluvchilar uchun ikki haftalik majburiy karantin joriy etilgan.

Shu bois uchrashuv Lissabonda boʻlib oʻtishi taxmin qilinmoqda. Ushbu jamoalar oʻrtasidagi birinchi uchrashuv Madridda boʻlib oʻtgan va unda 1:2 hisobida ingliz klubi gʻalaba qozongan.

“Real Madrid” va «Manchester Siti» oʻrtasidagi javob oʻyini 7-avgust kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?