“Real Madrid Foundation Clinic” murabbiylari Termiz shahriga tashrif buyurishdi

15:01 12 Noyabr 2018 Sport
711 0

“Real Madrid“ klubi akademiyasi va OʻFA oʻrtasida tuzilgan kelishuvga asosan, joriy yilning iyun oyida Madridning “Real” jamoasi mutaxassislari Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visentelar “Real Madrid Foundation Clinic” dasturi boʻyicha yurtimizga tashrif buyurishgan edi.

Yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik doirasida “Real Madrid” murabbiylari ayni paytda Termiz shahriga tashrif buyurdilar. Xavyer Vara va Ektor Visentelar 12-13 noyabr kunlari Termiz shahrida “Real Madrid Foundation Clinic” dasturi boʻyicha oʻzbekistonlik yosh futbolchilarga tajriba mashgʻulotlarini olib bormoqdalar.

Kuni kecha yurtimizga yetib kelgan ushbu mutaxassislar Surxondaryo, Buxoro, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham akademiya falsafasini shakllantirish boʻyicha amaliy dars va mashgʻulotlar oʻtkazishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?