“Real” – 34 karra Ispaniya chempioni! “Barselona”dan alamli magʻlubiyat

08:13 17 Iyul 2020 Sport
521 0

Ispaniya chempionatida 37-tur oʻyinlari davom ettirildi. Bu turda oʻz maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilgan “Real” 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu “Real”ning 34-chempionligi. Zidan vaqtida esa klub ikkinchi marta Ispaniya chempioni boʻldi.

“Barselona” «Kamp Nou»da «Osasuna»dan kutilmagan zarbani qabul qilib oldi. 90+4-daqiqada Roberto Torres «Osasuna»ga sensatsion gʻalaba keltiruvchi golni kiritdi - 1:2.

Shu tariqa Zidan boshchiligidagi “Real” ochkolarini 86 taga yetkazgan holda musobaqa tugashiga bir tur qolganida chempionlik masalasini hal qildi. “Barselona” (79) esa ikkinchi oʻrin bilan cheklandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?