Ravshan Ermatov: VAR tizimini o‘zbek futboliga ham olib kirish kerak

13:21 16 Iyul 2018 Sport
775 0
Foto: XPK

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Irmatov Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ilk marta sinovdan o‘tkazilgan VAR tizimi (bahsli vaziyatlarda video takrorga murojaat qilish) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Guvohi bo‘ldingiz, VAR tizimi birinchi marta sinab ko‘rildi. Biz (hakamlar tahr.) ushbu tizimni bir yarim yil o‘rgandik. Aytish joizki, VARdan ko‘p narsa talab qilishyapti. Bu ham sekin-sekin bo‘ladi. Ma’lumot sifatida aytishimi mumkinki, VAR to‘rtta vaziyatda ishlaydi. Ya’ni, gol, gol emas. Qizil, qizil emas. Penalti, penalti emas. Va oxirgisi sariq olgan o‘yinchini aniqlash. Ushbu tizimni O‘zbekiston futboliga ham olib kirish kerak”, - deydi Ravshan Ermatov Xalqaro press klub tomonidan tashkil etilgan “FIFA jahon chempionati—2018”: Millionlar o‘yini, jonli translyatsiya va futbol zavqi” mavzuidagi matbuot anjumanida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?