Ravshan Haydarov Osiyoda 2018 yilning eng yaxshilaridan biri boʻlishi mumkin

13:47 19 Noyabr 2018 Sport
812 0

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2018 yilning eng yaxshilari boʻlishga nomzodlarni eʼlon qildi. Eʼtiborlisi, ushbu roʻyxatda hamyurtimiz ham bor. Joriy yilning yanvar oyida Xitoyda boʻlib oʻtgan U-23 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasini gʻolibga aylantirgan Ravshan Haydarov “Yilning eng yaxshi murabbiyi“ nominatsiyasida ishtirok etmoqda.

Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi 28 noyabr kuni Ummon poytaxti Maskat shahrida boʻlib oʻtadi.

Quyida eʼtiboringizga Osiyoda 2018 yilning “Eng yaxshilari“ boʻlishga nomzodlar roʻyxati keltirilgan:

“Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi“ nominatsiyasiga nomzodlar
Kento Misao (“Kashima Antlers“, Yaponiya)
Yuma Suzuki (“Kashima Antlers“, Yaponiya)
Abdulkarim Hassan (“As-Sadd“, Qatar)

“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi“ nominatsiyasiga nomzodlar
Samanta Kerr (Avstraliya)
Van Shuan (Xitoy)
Saki Kumagay (Yaponiya)

“Yilning eng yaxshi futzalchisi“
Rafael Xenmi (Yaponiya)
Ali Ashgar Hasanzoda (Eron)
Maxdi Javod (Eron)

“Yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi“
Fuka Nagano (Yaponiya)
Moeka Minami (Yaponiya)
Saori Takarada (Yaponiya)

“Yilning eng yaxshi yosh erkak futbolchisi“
Yun Nishikava (Yaponiya)
Chon Se Jin (J.Koreya)
Turkiy Al Ammar (S.Arabistoni)

“Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi“
Asako Takakura (Yaponiya)
Miyo Okamoto (Yaponiya)
Nuengrutai Sratongvian (Tailand)

“Yilning eng yaxshi erkak murabbiyi“
Bosim Hamdan (Iroq)
Go Oiva (Yaponiya)
Ravshan Haydarov (Oʻzbekiston)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?