Ravshan Ermatov Jahon chempionatida boshqa hakamlik qilmaydi

09:23 05 Iyul 2018 Sport
710 0
Foto: zimbio.com

FIFA futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining qolgan uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda TASS axborot agentiligi xabar berdi.

Manba xabarida qayd qilinishicha, so‘nggi 8 o‘yinni boshqarishga da’vogar hakamlar ro‘yxatidan o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov o‘rin olmagan.

Ro‘yxatdan 17 ta hakam joy oldi: Alirizo Fag‘oniy (Eran), Navof Abdulla Shukralla (Bahrayn), Malang Dediu (Senegal), Jenni Sikazve (Zambiya), Mark Geyger (AQSH), Jeyr Marrufo (AQSH), Sesar Arturo Ramos (Meksika), Andres Kunya (Urugvay), Nestor Pitana (Argentina), Sandro Richchi (Braziliya), Mettyu Kondjer (Yangi Zelandiya), Junayt Chaqir (Turkiya), Byorn Kuypers (Niderlandiya), Antonio Mateu Laos (Ispaniya), Milorad Majich (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya).

Ma’lumot uchun Ravshan Ermatov Rossiyadagi mundialda ikkita o‘yinni boshqardi. U Argentina – Xorvatiya (0:3) va Ispaniya – Marokash (2:2) o‘yinlarida bosh hakam sifatida ishladi. Shuningdek, o‘zbekistonlik hakam Jahon Chempionatlaridagi boshqargan o‘yinlari soni 11 taga yetkazdi va bu borada mutlaq rekordchiga aylandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?