Ravshan Ermatov o‘zini haqorat qilgan sharhlovchi Utkinga sovg‘a yubordi

18:15 23 Iyul 2018 Sport
1311 0
Arxiv foto

Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov bilan sodir bo‘lgan voqea haqida to‘xtalib, undan sovg‘a olgani haqida gapirib berdi.

“O‘sha haqorat qilingan tvit yozilganda Rossiyadagi restoranlardan birida o‘yinni ko‘rayotgandik. Men shunchaki emotsional holatda bo‘lganda bu gaplarni yozganman.

Keyinchalik uzr so‘radim. Aytgancha, o‘tgan haftada hamkasbim Denis Kazanskiy bilan ko‘rishdim. U O‘zbekistonda yarim final va final o‘yinlarini sharhlab borgandi. U Ravshan menga sovg‘a yuborganini aytdi”, deya gapirib o‘tgan Utkin Rossiya matbuotiga bergan intervyusida.

Sovg‘aning nima ekaniga oydinlik kiritilmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?