Ravshan Ermatov Oʻzbekiston futboliga rahbarlik qiladi

15:05 13 Iyun 2019 Sport
544 0

FIFA referisi Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz ishonchli manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, tez orada OʻFA ijroqoʻmining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtadi va unda Ravshan Ermatov nomzodi koʻrsatilishi aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, OʻFA prezidenti Ochilboy Ramatov sanaladi. Ammo Ramatov hukumatda va Transport vaziri sifatida ham ish olib borishi sababli odatda oʻzbek futboliga OʻFAda birinchi vitse-prezidenti javob beradi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov isteʼfoga chiqarilgani haqida xabar bergandik. OʻFA rasmiy saytiga koʻra, Ahmadjonovning oʻzi ariza yozgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?