Ravshan Ermatov Osiyo Kubogining yana bir uchrashuviga tayinlandi

15:26 15 Yanvar 2019 Sport
454 0

Ertaga 16 yanvar kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-turida Eron terma jamoasi Iroqqa qarshi bahs olib boradi.

Mazkur oʻyinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Darvoza ortida Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev harakat qiladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Dubay shahridagi “Rashid“ stadionida boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?