Ravshan Ermatov mahalla bolalari bilan futbol oʻynadi

18:15 23 Oktyabr 2018 Sport
954 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishida berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, yoshlarni sportga jalb etish maqsadida mashhur insonlar ishtirokida turli musobaqalar, sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabariga koʻra, Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan Oʻrta Chirchiq tumanida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida tashkil etilgan futbol musobaqasida taniqli futbol faxriylari Birodar Abduraimov, Sayfiddin Ermatov, Azamat Abduraimov, FIFA referisi Ravshan Ermatov, el ardogʻidagi sanʼatkorlar Oʻzbekiston xalq artisti Gʻulomjon Yoqubov, Muyassar Berdiqulova va Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar olimpiadasi rekordchi sovrindori Gulbahor Fayziyeva ishtirok etdi.

Taniqli sportchilar va sanʼatkorlar oʻquvchi-yoshlar bilan jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishning foydali jihatlari haqida suhbatlashib, ularning kelgusidagi rejalari bilan qiziqishdi, oʻz maslahatlarini berishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?