Ravshan Ermatov Xitoy Superligasi oʻyinlarini boshqarmoqda

14:52 27 Avgust 2018 Sport
154 0
Foto: RIA Novosti

Jahon chempionatlarida oʻyinlarni boshqarish boʻyicha rekordchi hisoblangan Ravshan Ermatov oʻz guruhi bilan ayni damda Xitoyda boʻlib turibdi.

OʻFA rasmiy saytida keltirilishicha, kecha u Xitoy Superligasining eng muhim bahslaridan biri boʻlgan “Changchun Yatay” va “Xebey Chayna Forchun” jamoalari oʻrtasidagi bellashuvni boshqardi. Bahs 2-2 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga yetdi.

Yon hakamlar Abduhamidillo Rasulov va Sanjar Shoyusupovlardan iborat Ravshan Ermatov jamoasi keyingi turdan oʻrin olgan “Guanjou Evergrand” – “Shanxay Shenxua” oʻrtasidagi uchrashuvda ishlash uchun ham taklif olgan. Mazkur oʻyin 2 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?