Ravshan Ermatov: “FIFA inspektorlari o‘yinlarni yaxshi boshqarganimizni aytishdi”
Bugun FIFA Jahon chempionatida qolgan uchrashuvlarni boshqarish uchun nomzod bo‘lgan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Afsuski, bu ro‘yxatdan hamyurtimiz, FIFA referisi Ravshan Ermatov va uning guruhi joy olmadi. Ma’lum bo‘lishicha, Ravshan Ermatovning yordamchisi Abduhamidullo Rasulovning eski jarohati bezovta qila boshlagan. Natijada, Ermatov guruhi o‘yinlarda ishlay olmasligi oydinlashgan. O‘FA rasmiy sayti Ravshan Ermatovning o‘zi bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildi.
- Bu yerda meni FIFA rahbarlari ham 11ta o‘yinda ishlaganim bilan tabriklashdi. Aslida meni ko‘proq xursand qiladigan narsa bu shaxsiy rekord emas, balki Jahon chempionatlarida eng ko‘p o‘yinda ishlagan hakamlar ro‘yxatini O‘zbekiston nomi boshqarib turishi. Bu holat menga katta faxr bag‘ishlaydi!
- Umuman JCH sizlar uchun qanday o‘tyapti?
- Jahon chempionati yaxshi o‘tyapti, mashg‘ulotlarda faol qatnashyapmiz. Bizga 2ta qiyin o‘tishi kutilgan o‘yinni topshirishdi: Argentina – Xorvati va Ispaniya – Marokash. O‘yinlar kutilgandek oson bo‘lgani yo‘q, Xudoga shukr ushbu o‘yinlarni qo‘pol xatolarsiz, yaxshi o‘tkazdik. Inspektorlar o‘yindan keyin: “Bunday qiyin o‘yinlarda 3-4 ta qizil kartochkalar bo‘lib ketadi, deb o‘ylagandik, lekin sizlar qizil kartochkalarsiz va jarohatlarsiz adolatli boshqardinglar”, - deb ishimizni yaxshi baholashdi.
-Ravshan aka, yordamchingiz Abduhamidullo Rasulovda jiddiy jarohat bor deb eshitdik...
- Ha, afsuski, yordamchimni tizzasidan olgan eski jarohati yana bezovta qilishni boshladi. Ushbu jarohat unga to‘liq harakat qilishga va maydonga chiqishga imkoniyat bermadi. Jahon chempionatida vaqt qisqa, to‘liq tiklanish esa ko‘p vaqtni talab qiladi.
- Abduhamidullo Rasulov tezroq tuzalib maydonga qaytishini Yaratgandan so‘rab qolamiz. Jahon chempionatidan o‘rin olgan Siz boshqargan barcha o‘yinlarni katta hayajon bilann kuzatdik. Nafaqat O‘zbekistondagi, balki boshqa davlatlardagi ko‘plab muxlislar ham Ravshan Ermatov brigadasi finalni boshqaradi, deb o‘ylagandi...
- Xudoga shukr, ishimiz sifati bo‘yicha bunday fikrlayotganlarni ko‘pini eshitib kelyapmiz, o‘zimizga ham aytishyapti. O‘zingiz bilasiz, jahon chempionati sport olamidagi eng katta musobaqalardan hisoblanadi va uning ishtirokchisi bo‘lishni o‘zi millionlab futbol sohasida ishlayotgan insonlarga orzu hisoblanadi, shu qatorda bizga ham. Biz sababchi bo‘lib Vatanimiz nomi shu JCHda yangragani va orzuimizni ushalganini o‘zi bizga katta baxt!
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
- Rasmiy bayonot: Gulnora Karimovaga yangi ayblov qoʻyildi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: