Ravshan Ermatov FIFA hakamligi faoliyatini rasman yakunladi

Ravshan Ermatov FIFA hakamligi faoliyatini rasman yakunladi, deb xabar berdi futbol eksperti Alisher Nikimbayev.
Qayd etilishicha, arbitrlik faoliyatini yakunlagan Ravshan Ermatov oldida yanada jiddiy vazifalar turibdi. Ulardan biri OFK hakamlar qoʻmitasi aʼzosi sifatida Osiyoda hakamlik sohasini rivojlantirishdir. OʻFAning birinchi vitse-prezidenti sifatida uning oldida turgan eng jiddiy va masʼuliyatli vazifa esa Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishdir.
Nikimbayev Ravshan Ermatovni boshqa referilardan prinsipialligi va qoidalarga qatʼiy rioya etish fazilatlari ajratib turgan. Endi ushbu sifatlar sobiq hakamimizga yurtimiz futbolini boshqarishda asqatadi.
Maʼlumot uchun, Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida oʻyinlarni boshqarish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan. U uchta mundialda 11 ta bahsga hakamlik qilgan. 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtgan JCHda u mazkur koʻrsatkichni yaxshilashi mumkin edi, ammo yordamchisi Abduhamidullo Rasulovning jarohati Ermatov jamoasi turnirni erta yakunlashiga olib kelgan edi. Hamyurtimizning hisobida, shuningdek, uchta Osiyo chempionati, klublar oʻrtasidagi jahon chempionati, Osiyo Chempionlar ligasi va Kubogidagi sanoqsiz oʻyinlar bor. Oʻzbekiston chempionatini-ku aytmasa ham boʻladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Iqtisodiyot universiteti besh kunlik taʼlim tizimiga oʻtdi
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: