Ravonʼning yangi narxlari rossiyaliklarni hayron qoldirdi

15:48 26 Avgust 2019 Jamiyat
2420 0

Maʼlumki, uzoq yillar davomida Ravon brendi Rossiyadagi eng arzon “inomarka” sanalib kelingan. Biroq 2018-yil may oyida ushbu rusumdagi avtomobillarni ushbu davlatga eksport qilish narxlar siyosati qayta koʻrib chiqilishi munosabati bilan vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Yaqinda Ravon avtomobillar Rossiya bozoriga qaytdi. Bu haqda onlayn nashrimizda ham xabar berdik.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan ushbu rusumdagi avtoulovlar savdosi RFda kechadan boshlandi. Buni qarangki, yangi narxlar rossiyalik xaridorlarni hayron qoldirgan. Buni ijtimoiy tarmoqlardagi izohlardan ham bilib olish mumkin.

Masalan, bir yil oldin Rossiyada Ravon R2ning boshlangʻich narxi 439 000 rubl boʻlgan boʻlsa, hozir 646 000 rubl. Ravon R3 Nexia esa 449 000 rubldan 670 000 rublga koʻtarilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?