Ravon Rossiyadagi modellari safini kengaytirmoqchi

16:47 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
91 0

Ravon Rossiyadagi modellari safini kengaytirmoqchi, deb xabar berdi Avto Mail.ru portali. Gap krossoverlar turini koʻpaytirish haqida ketyapti. Hozircha ular aynan qaysi rusumlar ekanligi haqida maʼlumot yoʻq boʻlsa-da, ular koʻrinishidan mashhur Chevrolet Tracker, Chevrolet Captiva va Chevrolet Malibu modellari ekanligini taxmin qilish mumkin.

Ayni paytda Oʻzbekiston bozorida Chevrolet Tracker narxi 190 mln. soʻm(20 ming dollar)dan, Chevrolet Malibuʼniki esa 278 mln. soʻm(29,2 ming dollar)dan boshlanadi.

Rossiya hududida esa Ravon avtomobillari oʻrtacha 100 ming rubl(1,5 ming dollar) turadi.

Hozirda Ravon Rossiyaga krossoverlar yetkazib bermaydi. RFda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan R2 (Chevrolet Spark), shuningdek, Nexia (Aveo) va R4 (Cobalt) sedanlarini xarid qilish mumkin. Joriy yil soʻngigacha Ravon ushbu davlatda 7 mingta yangi avtomobil sotishni rejalashtirayotgan boʻlsa, kelgusi yilda bu miqdorni 22 ming donagacha yetkazmoqchi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?