Ravon Rossiyadagi 5 mingdan ortiq avtomobillarini nosozlik sabab qaytarib oladi

17:16 04 Dekabr 2018 Jamiyat
1502 0

Ravon Nexia R3 rusumidagi 5 219 dona avtomobillarini Rossiya bozoridan qaytarib oladi. Bu haqda “Rosstandart“ agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, avtomobillar prujinali xomut yetarlicha kuch bilan qisa olmagani uchun chiqaruv shlangi metall trubkadan chiqib ketishi, natijada tizimdan gidravlik suyuqlik oqib ketishi mumkinligi sababli chaqirilmoqda.

Qaytarib olinadigan avtomobillar 2017 yil may oyidan 2018 yil martgacha ishlab chiqarilgan boʻlib, ularning roʻyxati VIN-kodlari bilan muassasa saytida eʼlon qilingan.

“Ravon Motors Rus“ MCHJ vakillari qaytarib olinadigan Ravon Nexia R3 egalarini taʼmirlash ishlari oʻtkazish uchun avtomobillarini dilerlik markazlariga olib kelishlari zarurligi haqida xabardor qiladi.

Transport vositalarining rul boshqaruv tizimi shlangiga ikkita qoʻshimcha xomut oʻrnatiladi, barcha taʼmirlash ishlari bepul amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?