Ravon ketma-ket sakkizinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi

10:24 13 Fevral 2019 Iqtisodiyot
788 0

Ravon qatorasiga 8 oydan beri Rossiyada avtomobillar sotmayapti. Bu haqda Yevropa biznesi assotsiatsiyasi maʼlumotlarida qayd etilgan.

Unda aytilishicha, Ravon brendi 2019-yil yanvarida birorta sotilmagan. Rossiya bozorida mazkur avtomobillar sotuvi toʻxtab qolgan.

Taqqoslash uchun, kompaniya 2018-yil yanvarida salkam 1,5 ming dona mashina sotgan va Rossiya avtobozorining 1,4 foizini egallagandi.

2019-yildan boshlab esa, kompaniyaning Rossiya bozoridagi ulushi 0 foizga tushib qoldi. Bu koʻrsatkich 2018-yil yakunlari boʻyicha 0,3, 2017-yilda esa 0,9 foizga teng edi.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi marta Ravon Rossiya bozorida 2018-yil may oyida avtomobillarini sotgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?