RAVON iyul oyida ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi

18:10 06 Avgust 2018 Jamiyat
11476 3
Foto: Livejournal

O‘zbekistonning RAVON avtomobil brendi Rossiyada 2018 yil iyul oyida birorta ham avtomobil sota olmadi. Bu haqda Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasining yangi hisobotida qayd qilingan.

Hisobotda qayd qilinishicha, eng ko‘p sotilgan yangi yengil avtomashinalar asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, 2018 yil iyul oyida avtomobillar savdosining 10,6 foizga o‘sishi kuzatilgan. 2017 yilning shu davriga taqqoslanganda 13 796 dona avtomobil ko‘proq sotilgan, jami 143 452tani tashkil etilgan. Umuman, 2018 yilning yanvar – iyun oylarida jami Rossiya bozorida jami 992 673 ta avtomobil sotilgan.

Biroq O‘zbekistonning RAVON brendi Rossiya avtobozorida o‘z o‘rnini yo‘qotgan. U top-50talikka ham kira olmagan. O‘tgan yilning shu oyida kompaniya Rossiyada 1 275 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan, 2018 yilning ilk 5 oyi mobaynida jami 5 184ta RAVON brendidagi mashinalar sotilgan edi.

Taqqoslash uchun, iyun oyida Rossiya bozorlarida Lada 29 389, KIA 18 508, Hyundai 14 364 dona avtomobillarini sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, RAVON iyun oyida ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmagandi. Shunga qaramay, kompaniya iyul oyi so‘nggida Rossiya bozori uchun chiqarilgan avtomobillari narxini keskin oshirgandi.


Izohlar


Nodir Temirov

Inogamov Sherzod (inagamovs@mail.ru):

Руслар нуохау яхши кўришади, бир содда, лекин шу машиналар ичида бор нарсани реклама қилиш ккмикин. Ва айниқса шу нарсалар шу машинада йиғилганлигини ва машинани кўпдан ҳайдайдиган Россия фуқароларидан интервью бн бойитилса секин секин юришади.

06:2707.08.2018

Nodir Temirov

Алишер Абдуллажонов (asdalisher@yandex.ru):

Нархлар унчалик муҳим эмас. СИФАТ - асос ҳисобланади ривожланган давлатда. Ривожланаётган давлатларда нарх кўп нарсани белгилайди менимча. Ички бозорда нархларни имкон даражада арзонроқ ушлаб туриш керак, ташқи бозорда эса давлатинг ички савдо нархлари ва талабидан келиб чиқиш.

13:1413.08.2018

Nodir Temirov

Ҳасан Ҳайитов (hayitov_76@mail.ru):

Машинани сотишни ҳам ўрганиш керак. Афсус ачинарли ҳолат. Нархи баланд бўлса керак, бошқа машиналардан.

15:0820.08.2018