Ravon avtomobillarining Rossiya bozoridagi yillik sotuvi salkam uch baravarga kamayib ketdi

12:33 23 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
731 0

Arxiv foto

2018 yil yakunlariga koʻra Rossiya bozorida Ravon ulushi 0,3% tashkil qilgan. Bu haqda Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi yillik hisobotida qayd qilingan.

Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning ushbu davrida brendning ulushi 0,9% tashkil qilgandi.

Soʻnggi bor kompaniya avtomobillarini mayda sotgan — 508 dona. Keyin esa ular barcha dilerlik markazlaridan yoʻqolgan. Natijada 2018 yilda Ravon Rossiyada 5 184 dona avtomobil sotgan.

2017 yilda esa ushbu koʻrsatkich 15 078 donani tashkil qilgan. Bu degani Rossiya bozorida Ravon bir yilda salkam uch baravar yoʻqotishga uchragan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?