Soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev Bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga maʼqullandi

16:08 13 May 2020 Siyosat
354 0

Maʼlumki, amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga Behzod Musayev nomzodini koʻrib chiqdilar.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan Behzod Musayev deputatlar tomondan koʻtarilgan savollarga atroflicha javob qaytardi. Nomzod mazkur lavozimga kirishganidan soʻng ijtimoiy rivojlantirish masalalariga oid barcha muammolar parlament bilan yaqin hamkorlikda faol va samarali hal etiladi degan qatʼiy ishonch bildirdi.

Muhokamalar yakuniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan Behzod Musayev nomzodi deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?