Rasman: Shirin shahrida 4 ta sektor rahbarlari almashdi

10:37 03 Oktyabr 2019 Jamiyat
163 0

Shirin shahar sektor rahbarlari

Avval xabar berganimizdek, bugun 2-oktyabr kuni Shirin shahrida navbatdan tashqari sessiya boʻlib oʻtgan va unda tashkiliy masala koʻrilgan. Bu xaqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Xabarga koʻra, sessiyada shaharning 4 ta sektor rahbarlari almashgan: 

Xojimatov Abdugʻaffor Tillaboyevich

Xojimatov Abdugʻaffor Tillaboyevich - shahar hokimi lavozimiga tayinlangan.

U 1967-yilda Namangan viloyati, Uychi tumani tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1994-yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

MEHNAT FAOLIYATI

1984-1989 yy. - Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon reja-iqtisodiyot texnikumi oʻquvchisi

1985-1987 yy. - Harbiy xizmatda

1989-1994 yy. - Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabasi

1994-1996 yy. - Namangan muhandislik-texnologiya instituti muhandisi

1996-1998 yy. - Sirdaryo viloyati “Sirdaryo gaz taʼminoti” boshqarmasi yetakchi muhandisi

1998-1999 yy. - Sirdaryo viloyati “Guliston gaz taminoti” korxonasi bosh muhandisi

1999-2015 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzneftgazinspeksiyasi” Sirdaryo viloyati boʻlimi 1-toifali muhandis-texnologi, yetakchi muhandis-texnologi, bosh texnologi

2015-2017 yy. - “Markazgaztaʼminot” unitar korxonasi Sirdaryo viloyati gaz taʼminoti boshqarmasi boshligʻi

2017-2019 yy. - Sirdaryo viloyati hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari kotibiyati mudiri

2019-yil 2-oktyabrdan - Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimi

Maxmudov Chingiz Saparovich

Maxmudov Chingiz Safarovich - shahar prokurori lavozimiga tayinlangan.

U 1984-yilda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 1-darajali yurist. Oilali, bir nafar farzandi bor.

MEHNAT FAOLIYATI

2004-2008 yy. - Toshkent davlat yuridik instituti talabasi

2008-2009 yy. - Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Katta dala Samandar” fermer xoʻjaligi huquqshunosi

2009-2011 yy. - Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar prokuraturasi katta noziri

2011-2012 yy. - Sirdaryo viloyati prokuraturasi noziri

2012-2013 yy. - Sirdaryo viloyati Boyovut tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish oʻrganuvchi

2013-2014 yy. - Sirdaryo viloyati Boyovut tumani prokurorining yordamchisi

2014-2015 yy. - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani prokuraturasi tergovchisi

2015-2016 yy. - Sirdaryo viloyati prokuraturasi oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi katta tergovchisi

2016-2016 yy. - Sirdaryo viloyati Xovos tumani prokuraturasi tergovchisi

2016-2016 yy. - Sirdaryo viloyati prokuraturasi sudlarda jinoyat ishlari koʻrilishida prokuror vakolatini taʼminlash boʻlimi katta prokurori

2016-2017 yy. - Sirdaryo viloyati prokuraturasi oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchisi

2017-2017 yy. - Sirdaryo viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchisi

2017-2017 yy. - Sirdaryo viloyati milliy xavfsizlik, soliq va bojxona xizmati organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi prokurori 

2017-2018 yy. - Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani prokurorining oʻrinbosari

2018-2019 yy. - Sirdaryo viloyati prokuraturasi kadrlar boʻlimi boshligʻi

2019-yil 2-oktyabrdan - Sirdaryo viloyati Shirin shahar prokurori

Sobirov Zahriddin Sadriddinovich

Sobirov Zahriddin Sadriddinovich - shahar IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

U 1989-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan. Mayor. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

MEHNAT FAOLIYATI

2006-2010 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchisi

2010-2012 yy. - Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlinmasi tezkor vakili

2012-2013 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar Ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish boʻlinmasi (katta tezkor vakili lavozimi hisobidan) tezkor vakili

2013-2014 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar Ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi, narkotrafik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlinmasi tezkor vakili

2014-2014 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar Ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashi boʻlimi, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish boʻlinmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi

2014-2016 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston shahar Ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari-terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish boʻlinmasi boshligʻi

2016-2017 yy. - Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari- Jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlinmasi boshligʻi

2017-2019 yy. - Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (shtatlar qayta tashkil etilishi munosabati bilan)

2019-yil 2-oktyabrdan - Sirdaryo viloyati Shirin shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

Qobilov Husniddin Nurmuxammedovich

Qobilov Husniddin Nurmuhammedovich - shahar DSI boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

U 1987-yilda Jizzax viloyati, Forish tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2012-yilda Soliq akademiyasini tamomlagan. Mayor. Oilali.

MEHNAT FAOLIYATI

2003-2007 yy. - Toshkent soliq kolleji oʻquvchisi

2007-2008 yy. - Xususiy tadbirkor

2008-2012 yy. - Soliq akademiyasi talabasi

2012-2013 yy. - Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Davlat soliq inspeksiyasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisobga olish va statistikasi shoʻbasi davlat soliq inspektori

2013-2013 yy. - Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Davlat soliq inspeksiyasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisobga olish va statistikasi shoʻbasi davlat soliq bosh inspektori

2013-2014 yy. - Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Davlat soliq inspeksiyasi soliqlar va majburiy toʻlovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, maʼlumotlar bazasiga xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi

2014-2019 yy. - Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

2019-2019 yy. - Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari

2019-yil 2-oktyabrdan - Sirdaryo viloyati Shirin shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?