Rasman: Ronaldu “Real”ni tark etib Italiyaga yo‘l oldi

08:57 11 Iyul 2018 Sport
351 0

Turinning “Yuventus” klubi “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olganini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu transferi uchun “Yuventus” 100 million yevro sarfladi (12 million bonus ham bor) va u bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Bitimga ko‘ra futbolchi yiliga 30 million yevro maosh olishi ko‘zda tutilgan.

33 yoshli portugaliyalik futbolchi 2009 yili “Manchester Yunayted”dan “Real”ga kelgandi. O‘shanda madridliklar futbolchi uchun rekord darajadagi 94 million yevroni to‘lashgan.

Ispan klubida Ronaldu jami 15 sovrin yutdi. Jumladan, u 4 marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, ikki marta Ispaniya chempionati g‘olibi bo‘lgan, ikki marta Ispaniya Kubogida, ikki marta Ispaniya Superkubogida, ikki marta UYEFA Superkubogida, 3 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan.

Ronaldu “Real” safida jami 438 o‘yin o‘tkazib, 450 gol urgan. U bu borada klub rekordchisi sanaladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?