Rasman: O‘zbekiston FVVning birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

16:01 16 Aprel 2018 Jamiyat
506 0

 

Polkovnik Aripov Komiljon Mirsaidovich O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Buni vazirlik saytida ushbu lavozim vakant turganidan ham bilish mumkin.

Aripov Komiljon Mirsaidovich 2013 yilning yanvaridan boshlab, ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Hozircha uning mazkur vazirlik tizimida qolgani yoki boshqa ishga tayinlangani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimi ham vakant turibdi. 

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?