Rashidov, Denisov, Sergeyev, jami 16 futbolchi Ektor Kuper tomonidan Oʻzbekiston terma jamoasining yangi yigʻiniga chaqirilmadi

14:16 02 Oktyabr 2018 Sport
1663 0

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper 6-17 oktyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan yigʻinga chaqirilgan futbolchilar nomini eʼlon qildi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yigʻin doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi ikkita oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. 13 oktyabr kuni terma jamoa KXDRga va 16 oktyabr kuni Qatar milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Ektor Kuper eʼlon qilgan roʻyxatdan 24 nafar futbolchi joy olgan. Avgust oyining soʻngida argentinalik mutaxassis tomonidan termaga chaqirilgan 30 kishilik roʻyxatdan bu safar 16 futbolchi yangi yigʻinda ishtirok etadiganlar safiga kiritilmagan. Jumladan Sardor Rashidov, Igor Sergeyev, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Temurxoʻja Abduxoliqov kabi futbolchilar boʻlajak yigʻinda ishtirok etmaydi. Vitaliy Denisov esa, OʻFA xabariga koʻra, jarohati sabab bu safargi yigʻinlarda ishtirok etmaydi.

Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi safidan 6 nafar futbolchi yigʻinga jalb qilingan.

Darvozabonlar
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
Oʻtkir Yusupov (“Qoʻqon-1912”)

Himoyachilar:
Yegor Krimes (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Sherzod Aʼzamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Javohir Sidiqov (“Qoʻqon-1912”)
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)

Hujumchilar: 
Ivan Nagayev (“Qizilqum”)
Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
Husniddin Gʻofurov (“Lokomotiv”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?