Raqam oʻrniga oʻz ismini yopishtirib olgan “YUSUF”ning avtomashinasi jarima maydonchasiga qoʻyildi

17:37 11 Sentyabr 2020 Jamiyat
279 0

Qashqadaryo viloyati, Kitob shahrida yashovchi Yu.Ahmadjonov 70 H 207 LA davlat raqam belgili, “Neksiya-2” rusumli transport vositasining orqa tomoniga oʻrnatilgan davlat raqam belgisini yechib, oʻrniga oʻz ismi yozilgan qogʻozni yopishtirib, Kitob shahar hududi boʻylab harakatlanib yurgan vaqtida YPX xodimi tomonidan toʻxtatilgan.

Haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, boshqaruvidagi transport vositasining davlat raqam belgisini oʻzboshimchalik bilan yechib harakatlanmasliklarini hamda davlat raqam belgisini oʻzga usullarda oʻzgartirib avtomashina boshqarmasliklarini soʻrab qolamiz" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?